Bu qiziq…

Yomg‘ir tabiiy sug‘orish manbai bo‘lib, ekin va daraxtlarning sog‘lom rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Uning tarkibida tabiiy ravishda tozalangan va minerallarga boy suv mavjud bo‘lib, bu o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Yomg‘ir suvining pH darajasi neytralga yaqin bo‘lib, u tuproqning kislotali yoki ishqoriy muvozanatini saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, yomg‘ir daraxt va ekinlarning barglaridan chang va zararli zarralarni yuvib, ularning nafas olishini yaxshilaydi.

Bu esa fotosintez jarayonini jadallashtiradi va o‘simliklarning kislorod ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi. Harorat yuqori bo‘lib, havo qurganida, o‘simliklar suv yo‘qotishni kamaytirish uchun nafas oluvchi teshikchalarini yopib, bug‘lanish jarayonini sekinlashtiradi.
Yomg‘ir yoqqanidan keyin esa bu teshikchalar yana ochilib, o‘simliklar tezkor ravishda suv va oziqa moddalarini singdira boshlaydi. Shu sababli yomg‘irdan so‘ng tabiat yanada jonlanib ketganday tuyuladi. Bu paytda havodagi chaqmoq va quyosh nuri ta’sirida azotning o‘simliklarga singishi sodir bo‘ladi.
Azot o‘simliklar uchun eng muhim elementlardan biri bo‘lib, u barglarning yashil tusini saqlash va ildiz tizimini mustahkamlashga yordam beradi. Yomg‘ir suvi mayin bo‘lib, tarkibida qattiq tuzlar mavjud emas. Shuning uchun u tuproq va o‘simliklarga zarar yetkazmaydi.
Qishloq xo‘jaligida yomg‘irning foydalaridan maksimal darajada foydalanish uchun suvni to‘plash va saqlash tizimlarini rivojlantirish ham muhimdir. Yomg‘ir suvidan foydalanib, ekinlarni sug‘orish va tabiiy sug‘orish tizimlarini yaratish natijasida hosildorlikni oshirish mumkin.

Loading

//