2024-yil yakunlari bo‘yicha Ochiqlik indeksi eʼlon qilindi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida ochiqlikni taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-154-son Farmoniga muvofiq, 2024-yil yakunlariga ko‘ra davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi asosida to‘plangan barcha ko‘rsatkichlar atroflicha muhokama qilinib, yakuniy natijalar ko‘rib chiqildi.
Natijalarga ko’ra, “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati 82.4 ball bilan 98 ta davlat tashkilotlari orasida 20-o’rinni egalladi hamda “yashil” samaradorlik ko’rsatkichdan joy oldi.
22 ta aksiyadorlik jamiyatlari o’rtasida esa 8-o’rinni egalladi.

Loading

//