O‘zbekiston – Italiya: Agrar texnologiyalar sohasida yangi bosqichdagi hamkorlik sari.

“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati bosh ofisida Italiya davlatining qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarishda dunyo bo‘yicha yetakchi hisoblangan bir qator mashhur kompaniyalari vakillari bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda “O‘zagrolizing” AJ boshqaruvi raisining o‘rinbosari A. Nasirdinov boshchiligida jamiyatning qator yetuk mutaxassislari ishtirok etdi.
Italiya delegatsiyasidan Francesco Dotti – Eksport hududlari bo‘yicha menejer, Forigo Roter Italia kompaniyasi, Riccardo Preti – Eksport hududlari bo‘yicha menejer, Ferrari Growtech kompaniyasi
Maryna Naumova – Back Office mutaxassisi, Ferrari Growtech, Vitali Nazarenko – Eksport hududlari bo‘yicha menejer va bir qator soha vakillari bilan muzokaralar olib borildi.
Uchrashuv davomida qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy texnika va texnologiyalarni O‘zbekistonga olib kirish, ularni mahalliylashtirish, texnikalarni lizing asosida yetkazib berish, texnik xizmat ko‘rsatish va o‘quv seminarlarini tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, delegatsiya vakillari “O‘zagrolizing” AJning faoliyati bilan tanishib, qishloq xo‘jaligi texnikasiga bo‘lgan real ehtiyoj, mavjud infratuzilma va xizmat ko‘rsatish tizimi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Tomonlar o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, innovatsion loyihalar ustida ishlash hamda zamonaviy texnikalarni O‘zbekiston bozoriga integratsiya qilish bo‘yicha aniq takliflar bildirdilar.
Muzokaralar yakunida “O‘zagrolizing” AJ va Italiya kompaniyalari o‘rtasida texnik hamkorlik va tajriba almashinuvini chuqurlashtirish borasida o‘zaro anglashuvga erishildi.

Loading

//