Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 33-yil to‘ldi!

1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzi hisoblanadi.
Davlatimiz gerbi – bu shunchaki tasvir emas, balki boy tariximiz, madaniyatimiz va tabiatimiz ifodasi. Unda jonajon O‘zbekistonimizning betakror timsoli aks etgan bo‘lib, har bir hamyurtimiz ushbu muqaddas ramzga alohida ehtirom bilan munosabatda bo‘ladi.
Gerbimiz tariximiz va kelajagimiz ko‘zgusidir. Uni qadrlash va himoya qilish har birimizning muqaddas burchimizdir!

Loading

//