1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!

Bolalar — har bir oilaning quvonchi, jamiyatning bebaho boyligi va mamlakatimiz kelajagining mustahkam tayanchidir. Ularning baxtli kulgusi, ezgu orzu-intilishlari va sog‘lom kamoloti yurt taraqqiyotining eng muhim omillaridan sanaladi.

Bugun mamlakatimizda yosh avlodning huquq va manfaatlarini himoya qilish, sifatli ta’lim olishi, zamonaviy sharoitlarda voyaga yetishi hamda o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar farzandlarimizning porloq kelajagini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati jamoasi yurtimizdagi barcha jajji bolajonlarni, aziz o‘g‘il-qizlarimizni 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

Farzandlarimiz doimo sog‘lom, bilimli, baxtiyor va Vatan ravnaqiga munosib avlod bo‘lib ulg‘aysin. Ularning qalbida ezgulik, mehr-oqibat va yuksak orzular jo‘sh urib tursin.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz bolajonlar!

Loading

//