Barakali hosil sari: Qorovulbozorda o‘rim mavsumi boshlandi.

Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida 2026-yilgi g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumiga rasman start berildi. Iqlim sharoitining qulayligi tufayli ekinlar boshqa hududlarga nisbatan ertaroq pishib yetiladigan tumanda g‘allakorlar agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirib, mo‘l hosil yetishtirishga erishdilar.

🗣 Mavsumning tantanali ochilish marosimi “Rajab Juma” fermer xo‘jaligi dalasida bo‘lib o‘tdi. Unda g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumiga rasman start berilib, zamonaviy kombaynlar dalalarga safarbar etildi. Hosilni qisqa muddatlarda, sifatli va nobudgarchiliksiz yig‘ib olish maqsadida barcha tashkiliy hamda texnik choralar ko‘rilib, o‘rim jarayonlari uyushqoqlik bilan yo‘lga qo‘yildi.

📝 Tuman hokimligi tomonidan mavsum davomida ishtirokchilar uchun zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lib, dalalarning o‘zida issiq ovqat, dam olish maskanlari hamda ko‘chma texnik xizmat ko‘rsatish guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

🚜 Shuningdek, kombaynlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun yoqilg‘i-moylash materiallari va ehtiyot qismlar zaxirasi shakllantirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda tumandagi 171 ta fermer xo‘jaligi tomonidan 5 926 gektar maydonda g‘alla parvarishlangan bo‘lib, mavsum yakunida 17 ming tonnadan ortiq hosil yetishtirish rejalashtirilgan.

Loading

//