Farg‘ona viloyatida g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumiga bag‘ishlangan amaliy seminarlar o‘tkazildi.

Buvayda, Bag‘dod, Dang‘ara, Furqat, Uchko‘prik, O‘zbekiston va Beshariq tumanlarida 2026-yil g‘alla hosilini uyushqoqlik bilan o‘rib-yig‘ib olish ishlarini samarali tashkil etishga bag‘ishlangan amaliy seminarlar o‘tkazildi.
🗣Tadbirlarda qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari, mexanizatorlar hamda g‘alla o‘rim-yig‘imida ishtirok etuvchi texnika operatorlari qatnashdi.
✅ Seminarlarda mavsumni yuqori saviyada tashkil etish, yetishtirilgan hosilni qisqa muddatlarda va sifatli yig‘ib olish, o‘rim-yig‘im texnikalarining texnik shayligini ta’minlash, ulardan samarali foydalanish hamda yong‘in xavfsizligi va mehnat muhofazasi talablariga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🚜 Shuningdek, kombaynlar va transport vositalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, logistika jarayonlarini muvofiqlashtirish, g‘alla qabul qilish maskanlari bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berildi.
🚜 “O‘zagrolizing” AJ tomonidan moliyalashtirilgan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalaridan samarali foydalanish, ularning ish unumdorligini oshirish va hosilni nobud qilmasdan yig‘ib olish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi. Seminarlar mavsumni uyushqoqlik bilan o‘tkazish va agrar sohada samaradorlikni yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Loading

//