“Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6257-son farmonida mamlakat rivojlanishining bugungi bosqichida korrupsiya O‘zbekiston davlati va jamiyati taraqqiyoti uchun eng jiddiy havf-xatarlardan biri ekanligi ta’kidlab o‘tilgan.

Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi T. Narbayeva tomonidan 9-dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan aksilkorrupsiya haftaligi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi tasdiqlangan va 22.11 – 02.12 kunlari vazirliklar, idoralar, hududiy boshqaruv organlari va boshqa davlat muassasalarida tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan.

Ayni shu maqsadda joriy yilning 29-noyabr kuni “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati katta majlislar zalida “Korrupsiya – rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Jamiyat tizimida ushbu tadbirni yuqori darajada o‘tkazish, mamlakatimiz prezidenti tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashga katta e’tibor qaratilayotgani, bu bo‘yicha qabul qilinayotgan normativ va qonun hujjatlarining mazmun va mohiyatini tushuntirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi “Korrupsiyaning oldini olish va “komplayens nazorat” tizimini joriy etish” boshqarmasi mas’ul xodimi R. Yuldashev taklif qilindi.

Tadbirda korrupsiyaning salbiy illatlari, keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan oqibatlari bo‘yicha ma’ruza qilindi va jamiyat xodimlari tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan javoblar berildi.

“O‘zagrolizing” AJ Matbuot xizmati

Loading

//