“Zamonaviy islom bank-moliya tizimida qoʻllaniladigan asosiy moliyaviy mahsulot va xizmatlar” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

2022-yil 20-noyabr kuni Jidda shahrida (Saudiya Arabistoni) “Zamonaviy islom bank-moliya tizimida qoʻllaniladigan asosiy moliyaviy mahsulot va xizmatlar” mavzusidagi seminar-treningga start berildi. Seminar-trening tashkilotchilari – “Islamic Business and Finance” MCHJ va Oʻzbekiston lizing beruvchilar assotsiatsiyasi boʻlib, unda respublikamizning yetakchi tijorat banklari, lizing va sugʻurta tashkilotlari vakillari, shu jumladan, “Oʻzagrolizing” AJ xodimlari ham ishtirok etishmoqda.
Oʻquv-seminarda islom banklari, lizing va sugʻurta (takaful) kompaniyalari faoliyatining xususiyatlari koʻrib chiqiladi. Shuningdek, islom moliyasi – Murobaha, Islom lizingi – Ijara va sugʻurta – Takafulning amaliy jihatlari oʻrganiladi.
Trening sohaning tajribali mutaxassislari tomonidan olib borilmoqda va trening yakunida ular tomonidan Oʻzbekistonda ushbu vositalarni rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalar beriladi.
“O‘zagrolizing” AJ Matbuot xizmati

Loading

//