Sizlarning sharafli mehnat yo‘lingiz — yosh avlod uchun ibrat maktabi.

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida ko‘p yillar davomida qishloq xo‘jaligi va lizing tizimi rivojiga munosib hissa qo‘shgan mehnat faxriylariga alohida ehtirom ko‘rsatildi.

Jamiyat tizimida fidokorona faoliyat yuritib, agrar sohani zamonaviy texnika va mexanizmlar bilan ta’minlash, fermer va dehqonlar mehnatini yengillashtirish yo‘lida samarali xizmat qilgan faxriylarning holidan xabar olinib, ularga samimiy tilaklar bildirildi.

Tadbir davomida jamiyat rahbariyati tomonidan faxriylarning uzoq yillik sharafli mehnat yo‘li, kasbiga sadoqati hamda mamlakat qishloq xo‘jaligini rivojlantirishdagi xizmatlari alohida e’tirof etildi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda “O‘zagrolizing” AJ tizimida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar uchun ularning boy tajribasi, mas’uliyat va fidoyilikka asoslangan mehnat faoliyati chinakam ibrat maktabi hisoblanadi.

Ayniqsa, yurtimizda agrar tarmoqni modernizatsiya qilish, fermer xo‘jaliklarini zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlash hamda lizing xizmatlarini kengaytirishda ana shunday zahmatkash insonlarning hissasi beqiyos ekani alohida qayd etildi.

“Xotira va qadrlash kuni” inson sha’ni, mehnati va umr davomida orttirilgan tajribaga hurmat ifodasi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois Jamiyatda mehnat qilgan, o‘zining halol va samarali faoliyati bilan tizim ravnaqiga hissa qo‘shgan faxriylarni e’zozlash ezgu qadriyat sifatida davom ettirilmoqda.

Loading

//