“Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan tadbir uyushtirildi.

Kuni kecha, “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida faoliyat yuritayotgan erkak xodimlar bayram bilan samimiy tabriklandi.
Jamiyatda mehnat qilayotgan xotin-qizlar, opa-singillarimiz nomidan yo‘llangan qutlovlarda erkaklarning yurt tinchligi, jamiyat barqarorligi va oilalar farovonligini ta’minlashdagi o‘rni alohida e’tirof etildi. Ularning mas’uliyatli mehnati, sadoqati va fidoyiligi yuksak qadrlanishi ta’kidlandi.
Shuningdek, tabriklarda Vatanga sadoqat bilan xizmat qilib kelayotgan barcha erkak xodimlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy totuvlik, kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatlar hamda kelgusidagi ishlarida ulkan zafarlar tilandi.

Loading

//