Fermer va lizing oluvchilar diqqatiga!
Savol:
Lizing obyekti – lizing oluvchiga qachon rasmiylashtilirib beriladi va agar texnika topshirilmasa, lizing oluvchining qanday huquqlari mavjud?
Lizing shartnomasiga muvofiq, lizing beruvchining lizing obyektini – lizing oluvchiga rasmiylashtirib berish majburiyati faqat lizing oluvchi barcha belgilangan shartlarni to‘liq bajarganidan so‘ng yuzaga keladi.
Ushbu tartib lizing operatsiyalarining moliyaviy va huquqiy barqarorligini ta’minlash, tomonlar manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.
Lizing obyekti lizing oluvchiga rasmiylashtirib berilishi uchun quyidagi shartlar bajarilishi zarur:
1. Oldindan to‘lov (avans) – lizing obyektining umumiy qiymatining shartnomada belgilangan miqdori avans sifatida to‘liq to‘lanishi kerak. Bu bosqich lizing bitimining moliyaviy asosini yaratadi va lizing beruvchi uchun dastlabki kafolat vazifasini bajaradi.
2. Sug’urta – lizing obyekti lizingning to‘liq muddati davomida sug‘urtalanadi va rasmiy sug‘urta polisi lizing beruvchiga taqdim etiladi. Sug‘urta mexanizmi texnika yoki uskuna bilan bog‘liq har qanday ehtimoliy xavf, yo‘qotish yoki zararlarni qoplashni ta’minlaydi.
3. To’lovlar ta’minoti – lizing to‘lovlarining o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishini kafolatlash uchun shartnomaning 5.1-bandiga muvofiq tanlangan ta’minot turi (kafillik, garov, sug‘urta yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa mexanizm) rasmiylashtiriladi. Bu mexanizm lizing beruvchi uchun qo‘shimcha kafolat vazifasini bajaradi.
Texnika rasmiylashtirish tartibi: Yuqoridagi barcha shartlar to‘liq bajarilgach, lizing beruvchi lizing obyektini belgilangan tartibda rasmiylashtirib, lizing oluvchiga topshiradi. Bu jarayon shaffoflik va ishonchni ta’minlaydi hamda har ikki tomonning moliyaviy xavfsizligini kafolatlaydi.
Agar texnika o‘z vaqtida topshirilmasa: Lizing oluvchi barcha majburiyatlarni bajargan bo‘lsa, ammo texnika rasmiylashtirib berilmasa, u holda lizing oluvchi o‘z huquqlarini himoya qilish maqsadida:
-
yuqori turuvchi organga murojaat qilishi yoki
-
sudga da’vo arizasi berishi mumkin.
Shu tarzda shartnoma barcha tomonlar uchun adolatli va himoyalangan mexanizm sifatida ishlaydi, to‘lovlarning barqaror va xavfsiz amalga oshishini ta’minlaydi.
![]()




