Amudaryoda bahorgi mavsumga tayyorgarlik: texnikalar holati o‘rganildi.
Qoraqlpog’iston Respublikasining Amudaryo tumanida bahorgi dala ishlariga tayyorgarlik jarayonlari doirasida qishloq xo‘jaligi texnikalarining mavsumga shaylik darajasi o‘rganildi.
Jumladan, “Oq oltin” OFY hududida joylashgan “Oq oltin” MMTPda fermer xo‘jaliklari va klasterlar tasarrufidagi qishloq xo‘jaligi texnikalarining texnik holati ko‘zdan kechirildi. Unda chigit ekuvchi seyalkalar hamda boshqa agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishda foydalaniladigan texnikalarning bahorgi mavsumga tayyorligi alohida e’tiborga olindi.
Ta’kidlanganidek, qishloq xo‘jaligi texnikalarining mavsumga to‘liq shay holatda bo‘lishi dala ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy texnikalardan samarali foydalanish ekish, yerga ishlov berish va boshqa agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish hamda yuqori hosildorlikka erishishda muhim omil hisoblanadi.
![]()




