Agrotexnik tadbirlar puxta reja asosida, izchil va samarali tarzda amalga oshirilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani Arzimbetqum OFY hududida joylashgan “Satilla Qanliko‘l” fermer xo‘jaligiga qarashli g‘alla maydonlarida agrotexnik tadbirlar puxta reja asosida, izchil va samarali tarzda amalga oshirilmoqda.
 Ayni paytda vegetatsiya davrining muhim bosqichlaridan biri bo‘lgan oziqlantirish jarayonlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur ishlarda zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalaridan unumli foydalanilayotgani jarayonlarning sifat va tezkorligini ta’minlamoqda.
Mineral o‘g‘itlar agrotexnik talablarga qat’iy rioya etilgan holda, aniq me’yorlar asosida qo‘llanilmoqda. Bu esa g‘alla ekinlarining oziqa moddalarga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirib, ularning sog‘lom va barqaror rivojlanishiga xizmat qilmoqda.
Shu bilan birga, dala sharoitida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish orqali tuproq unumdorligini saqlash, namlikdan oqilona foydalanish hamda o‘simliklarning kasallik va zararkunandalarga chidamliligini oshirishga erishilmoqda. Natijada hosildorlik ko‘rsatkichlarini oshirish, yuqori va sifatli don yetishtirish uchun mustahkam zamin yaratilmoqda.
Bunday tizimli yondashuv nafaqat joriy mavsumda yuqori natijalarga erishish, balki kelgusida ham qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Loading

//