645 ming tonna hosil sari: Namangan g‘allakorlari o‘rimga kirishdi.

Bugun Chust tumanidagi “O‘zbekiston” MMTP hududida “G‘alla o‘rimi – 2026” mavsumi ko‘tarinki ruhda rasman boshlandi. Shu munosabat bilan “Chust Bahodir Ergashev” fermer xo‘jaligida o‘tkazilgan seminar davomida g‘alla o‘rim-yig‘im ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish, takroriy ekinlar ekish hamda qishloq joylarda bandlik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

➡️Seminarda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligida viloyat va tumanlar mutasaddilari, fermerlar, agrosoha vakillari, texnika xizmatlari rahbarlari hamda o‘rim-yig‘im jarayonida ishtirok etuvchi mas’ullar qatnashdi.

🌱 Tadbirda g‘alla hosilini qisqa muddatlarda va nobudgarchiliksiz yig‘ib olish, g‘alladan bo‘shagan maydonlarga “Bir kontur — bir mahsulot” tamoyili asosida takroriy ekinlarni o‘z vaqtida joylashtirish hamda aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

🚜 O‘rim-yig‘im mavsumida zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalarining samarali ishtiroki alohida ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, “O‘zagrolizing” AJ orqali fermer xo‘jaliklari va klasterlarga yetkazib berilgan yuqori unumdor g‘alla o‘rish kombaynlari hamda boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalari hosilni qisqa muddatlarda, sifatli va talafotsiz yig‘ib olishga xizmat qilmoqda. Bu esa mavsumning yuqori tashkilotchilik asosida o‘tishi va hosilning har bir donasini asrab qolishda muhim omil hisoblanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Namangan viloyatida 2026-yil hosili uchun 64 ming 410 gektar maydonda g‘alla parvarishlandi. Joriy mavsumda har gektardan yuqori hosildorlikka erishib, jami 645 ming tonnadan ortiq boshoqli don yetishtirish rejalashtirilgan.

Loading

//