G‘alla o‘rim-yig‘im mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

🌿 Namangan viloyatining Chust tumanida 2026-yil g‘alla hosilini qisqa muddatlarda va sifatli yig‘ib olishga qaratilgan tayyorgarlik ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

⏺Hududdagi fermer xo‘jaliklarida g‘alla va g‘o‘za maydonlarining holati o‘rganilib, hosilni nobud qilmasdan yig‘ib olish hamda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

➡️Ma’lum qilinishicha, tumanda 7406 gektar maydonda yetishtirilgan g‘alla hosilini uyushqoqlik bilan yig‘ib olish maqsadida 12 ta o‘rim otryadi shakllantirilgan. Ularning ixtiyoriga zamonaviy g‘alla o‘rish kombaynlari hamda hosil tashishga mo‘ljallangan 50 dan ortiq transport vositalari biriktirilgan.

👍 Mavsum oldidan texnikalarning texnik shayligi, ehtiyot qismlar zaxirasi, yoqilg‘i-moylash materiallari ta’minoti va logistika masalalari ko‘rib chiqilib, o‘rim-yig‘im jarayonlarini uzluksiz tashkil etish yuzasidan zarur choralar belgilandi.

📝 Shuningdek, g‘o‘za maydonlarida qator oralari ishlovi, oziqlantirish va sug‘orish kabi agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Loading

//