Mo‘l hosil sari muhim qadam: To‘raqo‘rg‘onda g‘alla o‘rimi boshlandi.
🗣To‘raqo‘rg‘on tumanida 2026-yil hosili uchun yetishtirilgan g‘allani yig‘ib olish ishlari boshlandi. Mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim o‘rin tutuvchi bug‘doy yetishtirish bo‘yicha tumanda joriy mavsumda ham salmoqli natijalarga erishish kutilmoqda.
Joriy yilda tumandagi 85 ta fermer xo‘jaligi tomonidan 4526 gektar maydonga g‘alla ekilgan bo‘lib, vegetatsiya davri davomida barcha agrotexnik tadbirlar belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirildi.
🌱 Mavsumning tantanali ochilish tadbiri “Oltin vodiy” MMTP hududidagi “Turon ravnaqi” fermer xo‘jaligi dalalarida bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat va tuman mutasaddilari, qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari, fermerlar, mexanizatorlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
🟡 Tadbir davomida g‘allani qisqa muddatlarda va sifatli yig‘ib olish, hosil nobudgarchiligiga yo‘l qo‘ymaslik, o‘rim va tashish jarayonlarida texnika hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish, mexanizatorlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🚜 Ayni paytda tuman dalalarida o‘rim-yig‘im ishlari zamonaviy va yuqori unumdor kombaynlar yordamida olib borilmoqda. Jumladan, fermer xo‘jaliklariga “O‘zagrolizing” AJ orqali yetkazib berilgan texnikalar ham mavsumda faol ishtirok etib, hosilni qisqa muddatlarda va sifatli yig‘ib olishga xizmat qilmoqda.
✅ Mutaxassislarning ta’kidlashicha, zamonaviy texnikalar va ilg‘or agrotexnologiyalar uyg‘unligi g‘alla o‘rim-yig‘imini uyushqoqlik bilan tashkil etish, hosil yo‘qotishlarini kamaytirish hamda mehnat unumdorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
![]()




