“O‘zagrolizing”: Ijro intizomi masalalari muhokama qilindi.

Qabul qilinayotgan qonun, qaror, farmon va farmoyishlarni o‘z vaqtida sifatli ijrosini ta’minlash maqsadida, Jamiyat Boshqaruv majlisining  2022-yil 1-apreldagi 33-sonli yig‘ilish bayoni bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari ijrosini tashkil qilish bo‘yicha Jamiyatda 2022-yil  I-choragida bajarilgan ishlarning muhokamasi ko‘rib chiqildi.

Unga ko‘ra, “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2022-yilning I-choragida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3 ta va Vazirlar Mahkamasining 2 ta qarorlari ro‘yxatga olinganligi qayd etildi.

Bundan tashqari, joriy yildan boshlab ijro intizomini yanada mustahkamlash maqsadida, Jamiyat ijroiya apparati, hududiy viloyatlar filiallari hamda tizim  korxonalari o‘rtasida hujjatlar aylanish tizimi to‘liq “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimiga o‘tkazildi.

Loading

//