“O‘ZAGROLIZING”: qishloq xo‘jaligi texnikalarining navbatdagi partiyasi lizing oluvchilarga topshirildi.

Joriy yilning 19-aprel kuni “O‘zagrolizing” AJ tomonidan jami 3,2 mlrd. so‘mlik 24 dona turli rusumdagi qishloq xo‘jaligi texnikalari lizing asosida yetkazib berildi.

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Chimboy agroklasteri” MCHJ 3 dona, Navoiy viloyatidagi “Yangiobod nurli maskani” va “Asliddin Asadbek” fermer xo‘jaliklari 1 donadan, Samarqand viloyatidagi “Shodlik” fermer xo‘jaligi 1 dona Belarus 80X rusumli chopiq traktorlarini, Samarqand viloyatidagi “Payariq Yulduz dalasi” fermer xo‘jaligi esa 1 dona TTZ-811 chopiq traktorlarini qabul qilib olishdi.

Shuningdek, 1,0 mlrd. so‘mlik 3 dona aylanma omoch, 4 dona o‘t o‘rgich, 7 dona kultivator, 3 dona purkagichlar o‘z egalariga topshirildi.

Tegishli hujjatlar to‘plamini taqdim etib, avans mablag‘ini to‘liq shakllantirgan lizing oluvchilarga texnikalarni tez orada yetkazib berish bo‘yicha barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Loading

//