O‘zagrolizing: 9-may – “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan ma’rifat soati
Ikkinchi jahon urushi millionlab begunoh odamlarning bevaqt o‘limiga, mislsiz yo‘qotishlar va talafotlarga sababchi bo‘lgan dunyodagi eng dahshatli, qonli qirg‘inlardan biri sifatida insoniyat tarixida iz qoldirgan.
Ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqi ham haqiqiy jasorat va fidoyilik ko‘rsatib, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga ulkan hissa qo‘shib, urush davrida respublikamiz front uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak, qurol-aslaha va boshqa vositalarni yetkazib beradigan muhim ta’minot markazlaridan biriga aylanadi. Ayniqsa, O‘zbekistonga ko‘chirilgan 1,5 milliondan ortiq keksalar, ayollar va yosh go‘daklarni bag‘riga olib, og‘ir damlarda ularga beqiyos g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi.
Xalqimizning tarix sahifalariga o‘chmas harflar bilan bitilgan bunday mardlik va matonati, olijanobligi, mehr-muruvvati va yuksak ma’naviyati barchamizning qalblarimizga cheksiz g‘urur-iftixor bag‘ishlab, farzandlarimizni vatanparvarlik va ajdodlar jasoratiga sadoqat ruhida tarbiyalashda ilhomlantirib kelmoqda.
Bugungi tinch va osoyishta kunlarimiz uchun jonini fido qilgan jasur yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasini e’zozlash maqsadida 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan, Ikkichi jaxon urishida qozonilgan g‘alabning 77 yilligiga bag‘ishlab “O‘zbek xalqining ikkinchi jaxon urishida ko‘rsatgan jasorati va fashizm ustidan qozonligan g‘alabaga qo‘shgan hissasi” mavzusida tashkil etilgan ma’rifat soatimizga tarix fanlari nomzodi, professor Hayitov Iskandar Samandarovich taklif etildilar.
Iskandar Samandarovich ulkan yo‘qotishlarga sabab bo‘lgan urush davri haqida gapirib berar ekanlar, bugungi tinch zamonda yashayotganingdan Yaratganga shukronalar keltirishdan charchamaysan kishi. Tarix zarvaraqlariga muxirlab qolgan o‘zbek o‘g‘lonlari, mard qizlarini qaxramonlarcha ko‘rsatgan jasoratini tinglab ushbu Vatan farzandi ekanligidan faxrlanish va millat uchun g‘urur tuyg‘usi xar bir xodimda jo‘sh urganiga aminmiz.
“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati mehnat jamoasi Hayitov Iskandar Samandarovichga mazmunli suhbat uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi.