NAVBATDAGI YIRIK LIZING LOYIHASI AMALGA OSHIRILDI.

Joriy yinong 1-iyun kuni jami qiymati 17,1 milliard so‘mlik 12 dona NEW HOLLAND T7060 rusumli yuqori unumli haydov traktorlari Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanidagi “SCT CLUSTER SHOLI” MCHJ ga lizing shartlarida topshirildi.
Joriy yilning 26-may kuni mazkur klasterga jami qiymati 47,2 milliard so‘mlik 27 dona CASE g‘alla o‘rish kombaynlari lizingga berilganligi to‘g‘risida avval xabar bergan edik.
Shu tariqa “SCT CLUSTER SHOLI” MCHJ lizing loyihasi doirasida jami 39 dona, umumiy qiymati 64,3 milliard so‘mlik zamonaviy va yuqori unumli texnikalar sohibiga aylandi.
Navbatdagi lizing loyihalari bo‘yicha texnikalarni imkon doirasida tez fursatlarda yetkazib berish bo‘yicha “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tomonidan barcha choralar ko‘rilmoqda.
“O‘zagrolizing” AJ Matbuot xizmati

Loading

//