Joriy yilning 5-mart kuni “O‘zagrolizing” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib oʻtdi.

Unda jami bo‘lib 5 ta masala ko‘rib chiqildi.
1. Sanoq komissiyasi a’zolarining soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2. Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
3. Jamiyat Boshqaruv raisini saylash.
4. Jamiyat tashkiliy va ijroiya apparati tuzilmasini yangidan tasdiqlash.
5. Jamiyatning 2021-2025-yillarga mo‘ljallangan dividend siyosatini tasdiqlash.
Kun tartibidagi barcha masalalar Jamiyat aksiyadorlari tomonidan ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi.
Mazkur yig‘ilishda Otajonov Nodir Sobirovich “O‘zagrolizing” AJ Boshqaruv raisi etib saylandi.
“Oʻzagrolizing” AJ matbuot xizmati

Loading

//