RASMIY MUNOSABAT!
“Muxbir Daliyev” telegram kanalida joriy yilning 20-iyun kuni “Agrolizing AJ” dan aziyat chekayotgan tadbirkordan murojaat” sarlavhali xabar tarqatilgan bo‘lib, unda Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida faoliyat yurituvchi, xabarda ismi keltirilmagan fermerlik bilan shug‘ullanuvchi fuqaroning o‘tgan yil kuzida traktorning boshlang‘ich to‘loviga pul o‘tkazganligi, shu yilning yanvar oyida shartnoma qilganligi, lekin traktor yetkazib berilishi ta’minlanmasdan kelinayotganligi bildirilgan.
Ushbu holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:
“O‘zagrolizing” AJ tomonidan Farg’ona viloyatining Bag‘dod tumanidagi qishloq xo‘jaligi korxonalariga 2022-yilning o‘tgan davri mobaynida umumiy qiymati 2,7 mlrd. so‘mdan ziyod bo‘lgan 48 dona qishloq xo‘jaligi texnikalari lizing asosida yetkazib berilgan.
Bugungi kun holatiga Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati bilan lizing shartnomasi tuzib, avans to‘lovini to‘liq amalga oshirgan, biroq shartnomada kelishilgan muddatda texnika yetkazib berilishi ta’minlanmagan fermer xo‘jaligi MAVJUD EMAS!
“O‘zagrolizing” AJ Matbuot xizmati