DAVLAT TILIDA ISH YURITISH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TO‘G‘RISIDA

Ma’lumki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
10-fevraldagi  “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-son qaroriga asosan, 2023-yil 1-yanvardan e’tiboran,  tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish amaliyotini to‘liq joriy qilish belgilangan.
Ushbu qaror ijrosini ta’minlashda “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tomonidan qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Hususan, o‘tgan ikki yil davr mobaynida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamkorligida Jamiyatning 100 dan ziyod xodimlari davlat tilida ish yuritish savodxonliklarini oshirib davlat namunasidagi tegishli sertifikatlarini olishdi.
Jamiyatda faloyat yuritib kelayotgan o‘zga millat vakillari o‘zbek tili kurslarida ishtirok etib o‘z malakalarini oshirimoqdalar. 2022-yil 1-yanvardan boshlab esa “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati va uning tizim korxonalarida ish yurituvi to‘liq davlat tiliga (lotin yozuviga asoslanga o‘zbek alifbosiga) o‘tkazildi.
Shunindek, xodimlarni davlat tilida ish yuritish ko‘nikmalarini yanada rivoj toptirish maqsadida o‘quv seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar tashkil etib kelinmoqda. Hususan, 2022-yil 23-iyunda “Davlat tilida ish yuritish va bugungi kundagi mavjud muammolar” mavzusida o‘quv seminari, tashkil etildi. ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan seminarda joylardan ish yurituvchilar ishtorok etdilar.
Mazkur o‘quv seminari Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i Boboyorov O‘rinboy Mahmudovich tomonidan olib borildi.
“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati o‘tkazilgan sermazmun seminar uchun Boboyorov O‘rinboy Mahmudovichga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Loading

//