Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi
Joriy yilning 28-iyun kuni “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Jamiyatning 2021-yil moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari bo‘yicha hamda jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Boshqaruv raisining hisoboti tasdiqlandi.
Shuningdek, Jamiyat Kuzatuv kengashining 2021-yildagi faoliyati bo‘yicha Kuzatuv kengashi raisining hisobotini tasdiqlandi va Jamiyatning 2021-yil faoliyati natijalari bo‘yicha taftish komissiyasi xulosasi va tashqi auditorlik tashkilotining xulosasini eshitildi.
Yig‘ilishda, Jamiyatning 2021-yil uchun yillik hisobotini tasdiqlash va yil yakuni bo‘yicha olingan sof foydasini taqsimlash masalasi hal qilindi.
Shu bilan birga, umumiy yig‘ilish tomonidan Jamiyat Kuzatuv kengashi a’zolari va Jamiyat Boshqaruv raisini saylash masalasida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Ustavi, Kuzatuv Kengashi to‘g‘risida”gi Nizom, “Boshqaruv to‘g‘risida”gi Nizom va jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida”gi Nizomlar yangi tahrirda tasdiqlandi.
Umumiy yig‘ilishda jamiyatning 38 602 955 dona ovoz beruvchi aksiyalari egasi bo‘lgan aksiyadorlar va ularning vakillari qatnashishdi hamda jamiyatning ovoz beruvchi oddiy aksiyalari egasi bo‘lgan aksiyadorlar egalik qilgan ovozlar umumiy soni (41 669 087 dona)ning 92,65 foizini tashkil qildi.
“O‘zagrolizing” AJ Matbuot xizmati