“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi muhokamasi hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilinganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
Joriy yilning 1-iyul kuni “O‘zagrolizing” AJ ijroiya apparati binosida bo‘lib o‘tgan tadbirda “ZOOM” platformasi orqali hududiy filiallar xodimlari ham ishtirok etishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, professor Baratov Mirodiljon Xomudjonovich tomonidan ishtirokchilarga Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida ma’lumot berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan joriy yilning 20-iyun kuni o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida ta’kidlaganlaridek, demokratik yangilanish jarayoniga yangicha ruh va shiddat berish, islohotlarni yanada chuqurlashtirish zarurati, konstitusiyaga “Inson-jamiyat-davlat” tamoyiliga asoslangan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni taqozo qilayotganligi qayd qilindi.
Qiziqarli o‘tgan tadbirda, ma’ruzachi tomonidan ta’lim sohasini tartibga soluvchi, shuningdek, xususiy mulkchilikka, xususan yerga oid mulkchilikka doir konstitutsion normalarga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Shu bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan tadbir ishtirokchilariga davlat ramzlaridan foydalanishga oid qonunchilik to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.