YOSHLAR OYLIGI YAKUNLANDI
Yurtimizda joriy yilning iyun oyi “Yoshlar oyligi” deb e’lon qilinib, barcha vazirlik, idora va tashkilotlarda “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida yoshlar festivallari, forumlari va boshqa tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Xususan, “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida ham “Yoshlar oyligi” munosabati bilan tizimda faoliyat yuritayotgan yoshlar ishtirokida 23-iyundan 30-iyunga qadar stol tennisi va shashka musobaqalari tashkil etildi.
Shuningdek, 30-iyun kuni “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkillashtirilib, unda “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tizimida mehnat qilayotgan barcha yoshlar ZOOM platformasi orqali ishtirok etdilar.
Tadbirda Boshqaruv raisi N.Otajonov yoshlar bilan suhbatlashib, ularni “Yoshlar kuni” bilan qutladi.


