SEYSMIK XAVFSIZLIK BO‘YICHA O‘QUV MASHG‘ULOTI BO‘LIB O‘TDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi PF-144-sonli “O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, 2022-yilning 3-avgust sanasida “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati ijroiya apparatida tegishli soha mutaxassislarini jalb etgan holda zilzila va uning oqibatlariga oid ko‘rgazmali o‘quv-uslubiy vositalar yordamida amaliy o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Tadbirda hududiy filiallar va tizim tashkilotlari xodimlari ham onlayn tarzda ishtirok etishdi.

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hayot xavfsizligi faoliyati markazi B.Ziyayev va shu boshqarma bo‘lim boshlig‘i S.Kosimovlar ishtirok etgan tadbirda, bino va inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlash soxasida olib borilayotgan islohotlar mazmuni tushuntirib berildi, yaqin yillarda yuz bergan zilzilalar oqibatida sodir bo‘lgan vayronagarchiliklar oqibatlari bo‘yicha fotolavhalar namoyish etildi, uy-joy qurilishi jarayonida zilzilabardoshlikni ta’minlash bo‘yicha e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan talablar, zilzila sodir bo‘lgan vaqtda amal qilinishi lozim bo‘lgan qoidalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

“O‘zagrolizing” AJ matbuot xizmati

Loading

//