“O‘ZAGROLIZING” aksiyadorlik jamiyati quyidagi bo‘sh (vakant) lavozimga tanlov e’lon qiladi

Lavozim nomi: “Korrupsiyaga qarshi kurash va maxsus bo‘lim” bosh mutaxassisi

 

  1. Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

– Yurisprudensiya yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;

– shu yoki turdosh (huquqni muhofaza qilish, huquqshunoslik) sohalarda kamida 3 yillik ish staji mavjudligi;

– korrupsiyaga qarshi kurash sohasida qabul qilingan qonun va qonun osti hujjatlarini chuqur bilishi;

– o‘zbek va rus tillarida ravon gapira olishi, yozishma olib bora olishi;

– kompyuterda ishlash ko‘nikmasi (Microsoft Word, Microsoft Excel) mavjudligi;

– lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini bilishi;

– lizing faoliyatini tartibga soluvchi qonun va qonun osti hujjatlari mazmunini bilishi;

Shuningdek, nomzodning hushmuomalalik, analitik fikrlash, stressga chidamlilik, jamoada ishlash qobiliyati baholanadi.

 

  1. Quyidagilar nomzod bo‘la olmaydilar:

– nomzod uchun qo‘yilgan talablar (1-band)ga javob bermaydigan shaxslar;

– tugallanmagan sudlanganlik holati mavjud bo‘lgan shaxslar;

– lavozimni egallash huquqidan mahrum qilish haqida amaldagi sud qarori mavjud bo‘lgan shaxslar;

– vakant lavozim e’lon qilingan tarkibiy tuzilmada ishlovchi xodimlar bilan yaqin qarindoshlik aloqasi bo‘lgan shaxslar.

 

  1. Taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati:

tanlovda qatnashish istagi bayon etilgan, tanlov shartlari va tartibi bilan tanishganligi tasdiqlangan ariza.

– nomzod to‘g‘risida ma’lumotnoma (obyektivka)

– pasport nusxasi;

– mehnat daftarchasining notarial yoki oxirgi ish joyidan tasdiqlangan nusxasi;

– 3×4 hajmdagi 2 dona va 9×12 hajmdagi 2 dona fotosurat;

– diplom nusxasi;

– mavjud bo‘lgan taqdirda, ilmiy daraja va unvonlari to‘g‘risida hujjat va xalqaro sertifikatlar (CFA, CPA, CIM va b.) nusxasi;

– nomzod o‘zi lozim deb topgan boshqa hujjatlar (ixtiyoriy)

 

  1. Tanlov uch bosqichda amalga oshiriladi:

 

Birinchi bosqichda, da’vogarlarning taqdim etilgan hujjatlari, to‘liqlik (3-band) va nomzodga qo‘yiladigan talablar (1-band)ga muvofiqlik (oliy ma’lumot va zarur ish staji mavjudligi sharti yuzasidan) bo‘yicha tanlab olinadi.

Ikkinchi bosqichda, birinchi bosqichda tanlab olingan nomzodlar bilan korrupsiyaga qarshi kurash agentligi xodimi ishtirokida suhbat o‘tkaziladi.

Uchinchi bosqichda, suhbat asosida tanlab olingan nomzod(lar)ning hujjatlari o‘rnatilgan tartibda kelishish uchun tegishli idoralarga kiritiladi.

 

Hujjatlar 2022-yil 17-avgust – 5-sentyabr oralig‘ida, ish kunlarida Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasi 42A-uyda soat 10:00 dan 17:00 gacha qabul qilinadi. Hujjatlar pochta orqali ham jo‘natilishi mumkin.

Topshirilgan hujjatlar qaytarilmaydi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon raqami: 71 207-30-38

Loading

//