“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida sportning SHAXMAT turi bo‘yicha turnir tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bayrami arafasida “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida sportning SHAXMAT turi bo‘yicha sovrinli musobaqa tashkil etildi.
Joriy yilning 27-avgust kuni o‘tkazilgan ushbu musobaqada Jamiyatning Markaziy apparati, Namangan, Sirdaryo, Xorazm va Toshkent viloyatlari filiallari hamda “Lizing axborot texnologiyalari” MChJ xodimlari ishtirokida qiziqarli o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.
Aylanma o‘yin shaklida o‘tkazilgan, 5 bosqichdan iborat shaxmat musobaqasida barcha xodimlar bir-birlari bilan o‘zaro bahs olib borishdi. Turnir yakuni bo‘yicha Jamiyatning Sirdaryo viloyati filiali bo‘lim boshlig‘i – direktor o‘rinbosari Qudratov Anvar G‘aybullayevich g‘olib bo‘ldi.
Musobaqa yakunida Jamiyat Boshqaruv raisi Otajonov Nodir Sobirovich g‘olibni 1-o‘rinni egallagani, shuningdek, musobaqa ishtirokchilarini kirib kelayotgan Istiqlolimizning 31 yilligi bayrami bilan chin yurakdan tabrikladi.
O‘z navbatida, “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati jamoasi ham musobaqa g‘olibi Qudratov Anvar G‘aybullayevichni 1-o‘rinni egallagani bilan muborakbod etadi.
“O‘zagrolizing” AJ Matbuot xizmati