Umumiy qiymati 6,4 mlrd. so‘mdan ziyod bo‘lgan qishloq xo‘jaligi texnikalari lizing oluvchilarga topshirildi.
✅Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “BERUNIY TEXTILE INVEST” MChJga 1 dona “ARION-630C” traktori;
✅“Aktuba agro MChJ”ga 1 dona “Belarus 1221.2” traktori”;
✅“Behruz” va “Qonarboy” fermer xo‘jaliklariga 1 donadan “Premiya -300” don ekish seyalkalari;
✅Andijon viloyati Marhamat tumanidagi “Marxamat tekstil agro” MChJga 2 dona “Belarus -82.1” traktori;
✅“Maxmudshoh” fermer xo‘jaligiga 1 dona “Premiya -300” don ekish seyalkasi;
✅Namangan viloyatidagi “Orif Olim Yahyo Sherzod” fermer xo‘jaligiga 1 dona “ARION-630C” traktori;
✅Navoiy viloyatidagi “Sarmish Best Eksport” MChJga 1 dona “Belarus 1025.2″ traktori;
✅Buxoro viloyatidagi “Umid Egam o‘g‘li” fermer xo‘jaligiga 1 dona “Belarus 80X” traktori;
✅Surxondaryo viloyatidagi “Baraka Imkon” fermer xo‘jaligiga 1 dona “Belarus 82.1” traktori;
✅Toshkent viloyatidagi “Qo‘shoqova Mayram” va “Bo‘kalik Xasan Xusan” fermer xo‘jaliklariga 1 donadan “Belarus 1025.2” traktorlari;
✅Xorazm viloyatidagi “Jaloliddin Mirzo” va “Azamat o‘g‘li Asadbek” fermer xo‘jaliklariga 1 donadan “LTM-4,5” rusumli lazerli yer tekislagichlar lizing asosida topshirildi.





Lizing oluvchilarimizni muvaffaqiyatli xarid bilan qutlaymiz va faoliyatlariga rivoj tilaymiz.
“O‘zagrolizing” AJ Matbuot xizmati