GPS monitoring ishlari davom ettirilmoqda.

Jamiyat tomonidan lizingga yetkazib berilgan va yangi yetkazib berilayotgan o‘ziyurar qishloq xo‘jaligi texnikalariga GPS qurilmalarini o‘rnatish ishlari davom ettirilmoqda.
Bugungi kun holatiga Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, va Surxondaryo viloyatlaridagi 560 dan ortiq texnikalarga mazkur qurilmalar o‘rnatilib, onlayn monitoring olib borilmoqda. Yil yakuniga qadar onlayn monitoring qilinadigan bunday texnikalar sonini 900 taga yetkazish ko‘zda tutilgan.
Shu o‘rinda lizingga yetkazib berilgan texnikalar uchun lizing to‘lovidan bo‘lgan qarzdorlikning oshib ketishini oldini olish va undirilishida GPS monitoring yuqori natija ko‘rsatayotganini alohida ta’kidlab o‘tish mumkin. GPS qurilmalarini o‘rnatish natijasida bugungi kun holatiga 40,0 mlrd. so‘mdan ortiq lizing to‘lovlaridan qarzdorlik undirildi.
“O‘zagrolizing” AJ Matbuot xizmati

Loading

//