QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!
“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Videokonferensaloqa shaklida tashkil etilgan ushbu tadbirda Jamiyat va uning tizimidagi korxonalari xodimlari ham ishtirok etishdi.
Tadbirga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi Abdullayeva Rohila Yusufjon qizi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi, shoira Oygul Ubaydulla qizi taklif etildi.
Ular tomonidan o‘zbek tilining davlat tili sifatida rivojlanish tarixi, vazifalari, bugungi kunda davlat tilida ish yuritishda mavjud muammolarni bartaraf etishda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma‘lumot berildi, shuningdek yurtimizni tarannum etuvchi she’rlar o‘qib berilib, tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirishdi.
Tadbir yakunida jamiyat Boshqaruv raisi N.Otajonov O‘zbek tili bayrami kuni bilan barchani tabriklab, milliy g‘ururimiz bo‘lgan ona tilimizni asrab-avaylashimiz, hurmat qilishimiz kerakligini ta’kidlab o‘tdi.
“O‘zagrolizing” AJ Matbuot xizmati