Andijondan xabarlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-408-sonli qarori ijrosi boʻyicha viloyat hokimligi topshirigʻi asosida masʼul etib biriktirilgan Andijon viloyat filial direktori Sh.Muhammadjanov joriy yilning 5-noyabr kuni Shahrixon tumanidagi “Yangi hayot” va “Mullaboy” mahalla fuqarolari yigʻini aholisi bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Qaror bilan “Yangi hayot” mahallasidagi 5 ta koʻchani asfalt qilishga 2 mlrd. 700 mln soʻm, “Mullaboy” mahallasi aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlashga 1 mlrd. 350 mln. soʻm mablagʻ ajratilganligi Sh.Muhammadjanov tomonidan maʼlum qilinib, aholiga tushuntirish berildi. Bu ishlarni sifatli amalga oshirish uchun jamoatchilik nazoratini taʼminlash maqsadida shu hududda yashovchi aholi orasidan nazoratchilar tanlab olindi.
Bayramona ruhda oʻtgan tadbirda nuroniylar duosi olinib, amaliy ishlar boshlab yuborildi.