Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!

Bugun “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlab “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni Boshqaruv raisi o‘rinbosari Azimjon Nasirdinov ochib berib, barchani Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi bilan tabrikladi. So‘ngra barcha xodimlar Davlatimiz ramzi bo‘lgan bayrog‘imizni hurmatlab, jo‘r bo‘lib Davlat madhiyasini kuyladilar.
Ushbu tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari – shoir, iste’fodagi polkovnik Nematov Zikrulloh Xayriyevich o‘zlarining Vatanni madh etguvchi she’rlari bilan va falsafa fanlari doktori, shoira Shahlo Ahrorova o‘zlarining sermazmun ma’ruzalari bilan barchani xushnud etdilar.
“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tadbirimiz aziz mehmonlariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Loading

//