Talabalarga “O‘zagrolizing” AJ stipendiyasi topshirildi.

“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalaridan kelib chiqib hamda fan-ta’lim va xizmat ko‘rsatish sohasi o‘rtasida integratsiya jarayonlarini kuchaytirish maqsadida bakalavriat yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan, yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ega 4-bosqich talabalari uchun 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati stipendiyasi joriy etilgan edi.
Bugun universitetda “O‘zagrolizing” AJ Boshqaruvi raisi N.Otajonov va universitet rahbariyati, xodimlari hamda talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirda stipendiya sertifikatlari o‘z egalariga topshirildi.
Universitet Kengashi tomonidan tavsiya qilingan 5 nafar stipendiatning kelgusida Jamiyatda bitiruv malakaviy amaliyotini o‘tashi rejalashtirilmoqda.
“O‘zagrolizing” AJ Matbuot xizmati

Loading

//