2022-yil 11-dekabr kuni “O‘zekspomarkaz”da Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan yarmarka va davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida Prezident Matbuot kotibi Sh.Asadov ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning qishloq xo‘jaligi xodimlariga bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

Fermer va dehqon xo‘jaliklari, boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi ochilib, kun davomida respublikamizning barcha viloyatlaridan olib kelingan mahsulotlar namoyish etildi.

Tadbir davomida qishloq xo‘jaligi korxonalari va moliyaviy institutlarning samarali hamkorligi, oziq-ovqat sanoatida yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, yer va suv resurslari samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

“O‘zagrolizing” AJ Matbuot xizmati

Loading

//