Navbatdagi ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Bugun “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasi hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Videokonferensaloqa orqali tashkil etilgan tadbirda Jamiyatning hududiy filiallari va tizim korxonalari xodimlari ham ishtirok etishdi.
Tadbirda ma’ruza qilish uchun yuridik fanlari doktori, professor Muxiddinova Feruza Abdurashidovna taklif etildi.
F.Muxiddinova murojaatnomaning dolzarb qismlariga alohida to‘xtalib, respublikamizda inson qadr-qimmati, ta’lim, tabrikorlikka yaratilayotgan sharoitlar va buning natijasida erishilayotgan yutuqlar, qolaversa, 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining asosiy tamoyillari haqida batafsil tushuntirish berdi.