Alisher Navoiy (1441-1501)
Bugun buyuk mutafakkir va shoir, atoqli davlat va jamoat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun. Buyuk mutafakkir bobomiz 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida tavallud topganlar.
Hazrat Alisher Navoiyning bebaho ijodiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz rivojida alohida o‘rin tutadi.
Alisher Navoiy o‘zbek tilidagi she’rlarida “Navoiy” (“navo” – kuy so‘zidan), fors-tojik tilidagi she’rlarida esa asosan “Foniy” (“fano” – vaqtincha, o‘tkinchi so‘zidan) va ba’zan “Navoiy” taxallusini qo‘llaydilar.
***
Kimki bir ko‘ngli buzuqning xotirin shod aylagay,
Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa, obod aylagay.