BUYUK ALLOMA TA’LIMOTI

Bugun “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyatida buyuk ajdodimiz Imom Buxoriy hazratlarining hayotlari, ilmiy faoliyatlari, ta’limotlari, musulmon ahliga qoldirgan ulkan ilmiy meroslarini o‘rganishga qaratilgan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirga Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, “Hadis va islom tarixi” kafedrasi oʻqituvchisi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch doktori Jambilov Mansur Rasuljonovich taklif qilindi.
Mansur Rasuljonovich Imom Buxoriy hazratlarining tavalludlari, bolalik va o‘smirlik davrlari, ilm olishlari, bosib oʻtgan hayot yoʻllari va bizga qoldirgan boy ilmiy meroslari toʻgʻrisida batafsil gapirib berdi.
“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati barchaga manfaatli boʻlgan ma’ruza uchun Jambilov Mansur Rasuljonovichga oʻzining minnatdorchiligini bildiradi.

Loading

//