«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlari ekildi.

«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Andijon viloyat filiali jamoasi tomonidan Andijon tumani “O‘rikzor” MFY hududidagi fermer xo‘jaliklari yer-maydonlarining bo‘sh turgan zovur-ariq qirg‘oqlariga 1000 tup terak, 100 tup yong‘oq, 150 tup pavloniya, 50 tupdan «Yapon saforasi», “Yasin”, “Sosna” manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Shuningdek, Andijon shahar 1, 3-kichik dahalar hududidagi ko‘p qavatli uylarning old qismidagi bo‘sh maydonlarga 100 tup “Sosna”, 50 tup “Pavloniya”, 20 tup «Yapon saforasi» manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Loading

//