“Fitch Ratings” ilk bor “O‘zagrolizing” AJ kredit reytingini belgiladi.

Joriy yilning 17-mart kuni xalqaro reyting agentliklari “Katta uchtaligi”ga kiruvchi “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi tomonidan “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatiga xorijiy va milliy valyutadagi uzoq muddatli emitent defolt reytingini (IDR) “B+” darajasida, “Barqaror” prognozi bilan belgiladi.

Bugungi zamonaviy dunyoda hamkorlik o‘rnatish istagida bo‘lgan davlatlar va tashkilotlar umume’tirof etilgan reytinglarga albatta e’tibor qaratadi.

Mazkur xalqaro reyting, avvalo, “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining ochiqligi, shaffofligi hamda iqtisodiy salohiyatini namoyon etish bilan birga, xorijiy arenada ishonchli hamkor qiyofasida namoyon bo‘lish va moliya institutlaridan uzoq muddatli va past foizli mablag‘lar jalb etishga imkon beradi.

Loading

//