Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini yoritishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Kuni kecha “O‘zAgroLizing” aksiyadorlik jamiyatida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini yoritishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Jamiyatning Markaziy apparati, hududiy filiallari va tizim korxonalari xodimlari ishtirok etishdi.
Bosh qomusimizga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni ishtirokchilar bilan kengroq muhokama qilish maqsadida tadbirga Toshkent moliya instituti dotsenti, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori Yuldasheva Mahfuza Qobiljonovna taklif qilindi. Taqdimot shaklida qilingan ma’ruzada Mahfuza Qobiljonovna barcha qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga batafsil tushuntirish berib o‘tdi.
Shuni ta’kidlash kerakki, yangilanayotgan Konstitutsiya jamiyat hayotining barcha yo‘nalishlarini to‘liq tartibga solish hamda mamlakatimizni demokratik rivojlantirish yo‘lida eng muhim huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi.