Xorazm viloyatida g‘alla o‘rish kombaynlari mavsumoldi ko‘rikdan o‘tkazildi.

“O‘zAgroLizing” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi N.Otajonov tomonidan 4-5–may kunlari Xorazm viloyati tumanlarida 2023-yil g‘alla o‘rimi mavsumida qatnashadigan don o‘rish kombaynlarini ta’mirlash ishlarining borishi bo‘yicha o‘rganishlar o‘kazildi. Quyida tumanlar kesimida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Shovot va Qo‘shko‘pir tumanlaridagi MTP hududlarida ta’mir uchun to‘plangan kombaynlar ko‘rikdan o‘tkazildi. Tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari va boshqa mutasaddilarga holatni yanada yaxshilash borasidagi tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
“Xiva klaster” MCHJ hududida ta’mirlash maqsadida jamlangan kombaynlar tuman “Agroinspeksiya” va “Davtexnazorat” rahbarlari ishtirokida ko’rikdan o‘tkazildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Bog‘ot tumanidagi “Bog‘ot kuba teks” klaster hududida g‘alla o‘rish kombaynlarini mavsumga tayyorgarlik ishlari bilan tanishildi. Bog‘ot tumani hokimining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari va tuman “Agroinspeksiya” rahbariga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Loading

//