Namangan viloyatida g‘alla o‘rish kombaynlari mavsumoldi ko‘rikdan o‘tkazildi.

“O‘zAgroLizing” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi N.Otajonov tomonidan 10-11–may kunlari Namangan viloyati tumanlarida g’alla o‘rish kombaynlarini mavsumga tayyorligi ko’zdan kechirildi. Quyida tumanlar kesimida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Namangan viloyati, Namangan tumani MTP hamda To’raqo’rg’on tumani MTP hududida chiziqqa terilgan kombaynlar “O‘zAgroLizing” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi tomonidan o’rganildi.
Jamiyatning Namangan viloyati filialiga navbatdagi mineral o’g’it sochgichlar Turkiyadan olib kelindi.
Namangan tumanida tashkil etilgan, Rossiyaning “Pegas-Agro” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan “Tuman” model ryadidagi o’zi yurar purkagichlari, o’zi yurar organik va mineral o’g’it sochkichlar va ventilyatorli purkagichlarni ko’rgazmasi bo’lib o’tmoqda. U yerda Boshqaruv raisi N. Otajonov ham ishtirok etib, yangi texnikalar bilan tanishdi. Ko’rgazma davomida o’quv mashg’uloti ham tashkil etildi. “Pegas-Agro” kompaniyasining eksport boyicha bo’lim boshlig’i Sverchkov Aleksey Aleksandrovich esa quyidagi texnikalar taqdimotini o’tkazib texnikalar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Loading

//