Xitoyning “FM World” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Kuni kecha “Oʻzagrolizing” AJ Boshqaruv raisi N. Otajonov Xitoyning “FM World” kompaniyasi vakillari bilan qishloq xoʻjaligi texnikalarini ishlab chiqarish hamda oʻzbek bozoriga olib kirish boʻyicha uchrashuvda ishtirok etdi.
Unda “FM World” kompaniyasining ijrochi direktori Mister DJu ham qatnashdi. Uchrashuvda mazkur istiqbolli loyihani amalga oshirish boʻyicha kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuv davomida soʻnggi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimiz agrar sohasida ulkan islohotlar olib borilayotganligi va buning natijasida amalga oshirilayotgan yirik, istiqbolli investitsiya loyihalari soni ortib borayotganligi alohida taʼkidlandi.

Loading

//