RASMIY MUNOSABAT

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda muqaddam sudlangan shaxsning “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Sirdaryo viloyat filiali direktorligiga tayinlanganligi bo‘yicha tarqatilgan xabarga javoban quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Filial direktori muayyan huquqdan mahrum qilish jazosidan sud ajrimi asosida muddatidan ilgari shartli ozod qilingan va mavjud tartib asosida Sirdaryo viloyat hokimligining tavsiyasiga ko‘ra mazkur lavozimga tayinlangan. Ushbu holatda amaldagi qonunchilikka to‘liq rioya qilingan.
Filial tomonidan debitor qarzdorlikni kamaytirish maqsadida lizing shartnomasi shartlarini buzgan lizing oluvchilarga nisbatan shartnomada va qonunda nazarda tutilgan choralar ko‘rilmoqda.
“O‘zagrolizing” AJ matbuot xizmati

Loading

//