O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi korxonalarini zamonaviy va energiya tejamkor texnika bilan ta’minlash, qayta ishlash va saqlash majmualarini barpo etish hamda tayyor holda foydalanuvchilarga berishda lizing xizmatlari imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida, “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori joriy yilning 20-iyun kuni imzolandi.
Shuningdek “O‘zagrolizing” AJning 4 yillik moliyaviy hisobotlari xalqaro auditdan o‘tkazilib, “B+” barqaror xalqaro reytingining ijobiy xulosasi olindi.
Qarorga ko‘ra jamiyatning davlat ulushi oshirilishi natijasida, xorijiy moliya institutlarining uzoq muddatli va kam foizli kredit resurslarini jalb qilishga imkoniyat yaratiladi. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini keng turdagi zamonaviy yuqori unumdor va energiya tejamkor texnika bilan tizimli ta’minlash bilan bir qatorda Jamiyat faoliyatini diversifikatsiyalash to‘g‘risidagi takliflar ma’qullandi.