RASMIY MUNOSABAT
Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda #obunachilarimizdan #tahrirsiz xeshtegi ostida eʼlon qilingan anonim murojaatga rasmiy munosabat!
Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida “Oʻzagrolizing” AJ tomonidan gʻalla oʻrimi mavsumi uchun 68 dona gʻalla oʻrish kombaynlari lizing asosida yetkazib berildi.
Bundan tashqari, 7 nafar lizing oluvchilar bilan gʻalla kombaynlarini yetkazib berish uchun shartnomalar tuzilib, ular tomonidan joriy yilning 27-aprel kunidan 8-may kuniga qadar avans mablagʻlari shakllantirilgan, ushbu shartnomalar shartlariga muvofiq, kombaynlarni 2023-yil 31-dekabrga qadar yetkazib berish koʻzda tutilgan.
Biroq, Biz tomonimizdan shartnoma tuzib, avans mablagʻi shakllantirgan lizing oluvchilarga imkon qadar qisqa muddatlarda – gʻalla oʻrimi mavsumi davomida texniklarni topshirish boʻyicha barcha choralar koʻrilmoqda.
Shuni inobatga olish kerakki, “Oʻzagrolizing” AJ lizing xizmatlari koʻrsatuvchi moliya tashkiloti hisoblanib, qishloq xoʻjaligi texnikalarini, shu jumladan gʻalla kombaynlarini ishlab chiqarmaydi.
Avans mablag‘ini aprel yakuni-may oylarida to‘lab bergan 7 nafar lizing oluvchilarimizga, ayni vaqtda ishlab chiqaruvchilarda sotuvga tayyor g‘alla kombaynlari mavjud emasligi topshirish kechikishiga sabab bo‘lmoqda.
100 umumiy ko'rishlar, 1 bugungi ko'rishlar