Navoiy viloyatida g‘alla o’rimi ishlarining borishini ko’zdan kechirdi.
Joriy yilning 30-may sanasida “O‘zAgroLizing” AJ Boshqaruv raisi N. Otajonov Navoiy viloyatida g‘alla o’rimi ishlarining borishini ko’zdan kechirdi.
Jumladan, viloyatning Qiziltepa tumani mashina-traktor parki (MTP)da o‘rim mavsumiga tayyorlangan don o‘rish kombaynlarini ko‘zdan kechirdi hamda MTPda saqlanib kelinayotgan eksponat traktorni kelgusi avlodga ham but holda yetkazish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, Boshqaruv raisi tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hamda tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i bilan suhbatlashib, tumanda g‘alla o‘rimiga tayyorgarlik yuzasidan tavsiyalar berdi.
Shu bilan birga, tumandagi g‘alla dalalari ko‘zdan kechirilib, hosilning o‘rishga tayyorligi o‘rganib chiqildi. Tumandagi “Valiobod” fermer xo‘jaligi bug‘doy dalalari ham ko‘zdan kechirilib, xo‘jalik rahbari Ra’no Valiyeva bilan suhbat tashkillashtirildi. Suhbat yakunida fermer opaga yetishtirgan oltin donni nest-nobud qilmay yig‘ishtirib olishini tilab, xayrli niyatlar bildirildi.